O‘zbekiston eng ko‘p baliqni Rossiyadan import qildi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishOxlajdennaya riba
Oxlajdennaya riba - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2022
Obuna bo‘lish
Baliq va dengiz mahsulotlari importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 ming tonnaga oshgan.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. O‘zbekiston shu yilning 6 oyi davomida Rossiyadan 2,2 ming tonna baliq va dengiz mahsulotlarini import qildi. Bu haqida Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga 28 ta xorijiy davlatdan 4,2 ming tonna baliq va dengiz mahsulotlari import qilingan.
Ularning umumiy qiymati 7,7 mln dollarga teng.
O‘zbekiston eng ko‘p baliq va dengiz mahsulotlarini import qilgan davlatlar:
Rossiya – 2,2 ming tonna
Vyetnam – 802 tonna
Qozog‘iston – 415 tonna
Litva – 302,5 tonna
Norvegiya – 301 tonna
Latviya – 19,5 tonna
AQSh – 19 tonna
Xitoy – 12,5 tonna
Fransiya – 4,2 tonna
Baliq va dengiz mahsulotlari importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 ming tonnaga oshgan.
Yangiliklar lentasi
0