Uy sotib olish, ularni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya to‘lash tartibi o‘zgaradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil jiloy massiv v g. Andijan
Shavkat Mirziyoyev posetil jiloy massiv v g. Andijan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2022
Obuna bo‘lish
Endi Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatga olingan fuqaro subsidiya asosida Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ham sotib olishiga ruxsat beriladi.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. 2022 yilda uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibiga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Bu haqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Endi Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatga olingan fuqaro subsidiya asosida Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ham sotib olishiga ruxsat beriladi.
Buning natijasida, Toshkent shahrida uy-joyga bo‘lgan 8 mingdan ortiq talab nisbatan qisqartiriladi. Arizachilarni oilaviy daromad (turmush o‘rtog‘i va turmush qurmagan farzandlari) tartibida baholash joriy etiladi.
Natijada subsidiya daromadi yuqori bo‘lmagan oilalarga manzilli yetib borishi ta’minlanadi.
Subsidiya talabgorini baholash komissiyasi tarkibidan ichki ishlar bo‘limlari va banklar chiqarib tashlandi. Buning natijasida arizalarni ko‘rib chiqish muddatini 5 kunga qisqartirishga imkon yaratiladi.
Fuqarolarni ijtimoiy me’zonlarga asosan baholash va ularni ipoteka krediti bo‘yicha to‘lov qobiliyatini aniqlash mustaqil ravishda olib boriladi.
Natijada ijobiy xabarnoma olgan fuqarolarga ipoteka krediti miqdorini kafil qo‘shish orqali mustaqil belgilash imkoni yaratiladi.
Hududiy komissiya yig‘ilishlarini elektron tarzda amalga oshiriladi. Xulosalarni umumlashtirib komissiya yig‘ilishini o‘tkazish va arizachiga taqdim etish muddati 8 kunga qisqartiriladi.
Arizachilarni baholash dasturiy ta’minotini avtomatlashtiriladi va elektron bazalari o‘zaro integratsiya qilinadi.
Buning ortidan hujjatni ko‘rib chiqishda yil yakuniga qadar inson omili qisqartiriladi.
Subsidiyalar ajratishning maqsadli parametrlari doirasida subsidiyalarni tuman va shahar kesimida qayta taqsimlash amaliyoti tugatiladi.
Bunda talabgorlar subsidiya asosida uy-joyni doimiy ro‘yxatdan o‘tgan hududi doirasida istalgan tuman/shahardan olishi mumkin bo‘ladi.
Ariza faqatgina fuqarolik pasporti ma’lumotlarini (JShShIR) kiritish orqali topshiriladi.
O‘zgartirishlar natijasida ko‘rib chiqishning umumiy muddati o‘rtacha 7 ish kunigacha qisqartirishga erishiladi.
Yangiliklar lentasi
0