Surxondaryoda chegarani noqonuniy kesib o‘tgan afg‘onistonlik og‘ufurush qo‘lga olindi

© Sputnik / Stas EtveshNaruchniki
Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2021
Obuna bo‘lish
Tintuv qilingan afg‘onistonlikdan 9 kilogramm 84 gramm opiy giyohvandlik moddasi musodara qilindi.
TOShKENT, 29 sen – Sputnik. O‘zbekiston hududiga Amudaryo orqali noqonuniy o‘tgan Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali sujetida ma’lum qilindi.
DXXning Surxondaryo viloyati bo‘yicha xodimlari hamda Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda O‘zbekiston hududiga Amudaryo orqali noqonuniy o‘tgan Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olingan.
Tekshiruv paytida uning yonidan 9 kilogramm 84 gramm og‘irligidagi opiy giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan. Giyohvand moddalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2020-yilda giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq 53 ta holatlarda 55 nafar chet el fuqarolari ushlangan. Shulardan 23 nafari, ya’ni deyarli yarmi Afg‘oniston fuqarolari.
Yangiliklar lentasi
0