Jamiyat

Surxondaryoda yoqtirgan qizini olib qochgan yigit qoʻlga olindi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich /  / Mediabankka oʻtishDevushka vo vremya dojdya
Devushka vo vremya dojdya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.03.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Denov tumanidagi mahallalardan birida 28 yoshli Abdullo oʻzining "Spark" mashinasida qizning oldiga kelib toʻxtab, ikki sherigi yordamida uni majburlab avtomashinaga oʻtirgʻizgan va olib qochgan.
TOSHKENT, 10 mar – Sputnik. Surxondaryoda qizni olib qochib, unga majburan uylanmoqchi boʻlgan yigitga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, deb xabar berdi Oʻzbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot-xizmati.
Voqea 2021 yil 4 mart kuni Surxondaryo viloyati Denov tumanida yuz bergan.
Tuman IIO FMB boshligʻi nomiga 20 yoshli Sugʻdiyona ismli qizdan ariza kelib tushgan. Unda aytilishicha, Denov tumanidagi mahallalardan birida tanishi 28 yoshli Abdullo R., oʻziga tegishli "Spark" avtomashinasida qizning oldiga kelib toʻxtab, ikki nafar nomaʼlum shaxs bilan unga nisbatan kuch ishlatib, majburlab avtomashinasiga oʻtirgʻizgan.
Nasiliye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.07.2018
Hodisalar
Toshkent viloyatida ayol kishini zoʻrlab, nomusiga tekkan erkak qoʻlga olindi
Ikki nafar sherigi yoʻlda tushib qolgach, yigit qizga "menga erga tegsang, uyinga olib borib qoʻyaman" deya shart qoʻygan.
Qiz Abdullodan qochib ketish maqsadida, unga turmushga chiqishga rozilik bergan.
Mazkur holat yuzasidan Denov tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 136-moddasi (Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga toʻsqinlik qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Ellik-kala, Karakalpakstan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.10.2020
Jamiyat
Qoraqalpoq asirasi: Qonlikoʻlda 24 yoshli ayol oila qurish maqsadida oʻgʻirlandi
Dastlabki tergov davomida, Abdullo Sugʻdiyonani u erga tegib ketmasligi uchun olib qochgani, uning sheriklari 25 yoshli Zuxriddin S. hamda 18 yoshli Asliddin E. ekanliklari aniqlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat kodeksi normalariga koʻra, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0