Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

“Buni sahnalashtirib bo‘lmaydi”: xorijiy jurnalistlarga Starobelskda fojia joyi ko‘rsatildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishObstanovka na meste obrusheniya pri udare VSU obshejitiya Starobelskogo kolledja
Obstanovka na meste obrusheniya pri udare VSU obshejitiya Starobelskogo kolledja - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2026
Obuna bo‘lish
50 dan ortiq xorijiy jurnalist LXRga yetib kelib, Starobelskdagi fojia joyida ishladi. Ularga dron qoldiqlari, jumladan Starlink antennasi qismlari ko‘rsatildi
TOShKENT, 24-may – Sputnik. Starobelskdagi kollejga tashrif buyurgan xorijiy jurnalistlarga Ukraina uchuvchisiz uchish apparatlarining qoldiqlari namoyish etildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, jurnalistlarga kollej va yotoqxona binolariga zarba bergan uchuvchisiz apparatlarning turli qismlari, jumladan, ulardan biriga o‘rnatilgan Starlink terminali antennasi parchalari ko‘rsatilgan.
Al Arabiya bosh muxbiri Saad Xalaf voqea joyida ishlaganidan so‘ng RIA Novostiga kollej binosi fuqarolik obyekti ekanini aytdi.
“Bu fuqarolik obyekti ekanini ko‘rib turibman. Buni sahnalashtirib bo‘lmaydi. Hammasini bunchalik tez uyushtirish imkonsiz, bu real emas”, — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, binoda bolalarning shaxsiy buyumlari ko‘p bo‘lgan. Xalaf jurnalistlarga hududda ishlash, ko‘rish, suratga olish va mas’ullar bilan suhbatlashish uchun to‘liq imkoniyat berilganini ham ta’kidladi.
“Bizda to‘liq erkinlik bor edi. Rossiya tomoni kirish, ko‘rish va qayd etish uchun to‘liq imkoniyat berdi”, — dedi Al Arabiya muxbiri.
Uning qo‘shimcha qilishicha, jurnalistlar fojia joyini ko‘zdan kechirgan, bolalar xonalarida bo‘lgan, rasmiylar, qutqaruv xizmatlari vakillari va guvohlar bilan suhbatlashgan.
AQShlik jurnalist Kristofer Xelali ham RIA Novostiga voqea joyida ko‘rganlari haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, Ukraina G‘arb ko‘magisiz bunday harakatlarni amalga oshira olmaydi.

“...Ukraina rejimi G‘arb ko‘magisiz hech narsa qila olmaydi. Aynan AQSh, Yevropa Ittifoqi va NATO qurol-yarog‘, mablag‘, moliyalashtirish, texnik imkoniyatlar, geolokatsiya va razvedka ma’lumotlarini taqdim etmoqda, bu esa nafaqat bu yerda, ushbu pedagogika universitetida, balki butun Donbass, Kursk, Belgorod, Rossiyaning boshqa hududlarida, Qrimga zarbalar berish imkonini beradi,"— dedi Xelali.

Yakshanba kuni 50 dan ortiq xorijiy jurnalist Starobelskdagi kollejga berilgan zarba oqibatlari bilan tanishish uchun LXRga yetib kelgani xabar qilindi. 22-maydagi hujum oqibatida 21 kishi halok bo‘lgani va 63 kishi jabrlanganini, zarba kollej va yotoqxona binolariga berilgani aytilmoqda.
LXR rahbari Leonid Pasechnik juma kuni Ukraina Qurolli kuchlari Lugansk davlat pedagogika universitetining Starobelsk kasb-hunar kolleji o‘quv binosi va yotoqxonasiga hujum qilganini ma’lum qilgan.
Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, zarba tunda samolyot tipidagi to‘rtta uchuvchisiz uchish apparati orqali berilgan. RIA xabarida o‘sha paytda yotoqxonada 86 nafar o‘quvchi va xodim bo‘lgani qayd etilgan.
Ish yakunlangach, xorijiy jurnalistlar fojia joyini tartibli ravishda tark etgani xabar qilindi.
Mariya Zaxarova  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2026
Mariya Zaxarova xorijiy jurnalistlarni Starobelskka taklif qildi
Yangiliklar lentasi
0