https://oz.sputniknews.uz/20251113/transport-logistika-korgazma-russia-mahsulotlar-53459065.html
Toshkentdagi transport va logistika ko‘rgazmasida Rossiya qanday mahsulotlarni taqdim etdi?
Toshkentdagi transport va logistika ko‘rgazmasida Rossiya qanday mahsulotlarni taqdim etdi?
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 14 mamlakatdan 75 kompaniya ishtirok etgan “TransLogistica Uzbekistan 2025” xalqaro transport va logistika ko‘rgazmasi yakunlandi. Tadbirda Rossiya, Belarus va boshqa davlatlarning zamonaviy logistika yechimlari namoyish etildi.
2025-11-13T18:40+0500
2025-11-13T18:40+0500
2025-11-13T21:48+0500
o‘zbekiston
belarus
mdh
hamkorlik
forum
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/0d/53459503_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_f02fa701107edd8ef92e850a44d22718.png
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Toshkentda “Transport va logistika - TransLogistica Uzbekistan 2025” nomli 21-Xalqaro ko‘rgazma yakuniga yetdi. Tadbir 11-noyabrdan 13-noyabrgacha “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tdi.Bu O‘zbekiston transport tarmog‘ining asosiy tadbirlaridan biridir. Bu yil bu yerda transport sohasining avtomobil, dengiz, temir yo‘l, multimodal va aviatsiya tashishlari, shuningdek, logistika xizmatlari hamda ta’minot zanjirlari kabi yo‘nalishlari bo‘yicha turli xil texnologiyalar, mahsulotlar va yechimlar namoyish etildi. Alohida e’tibor ombor texnologiyalariga qaratildi.“TransLogistica Uzbekistan 2025” da 14 ta mamlakatdan, shu jumladan, Rossiyadan ham, 75 ta kompaniya ishtirok etdi.Xususan, “Transmashxolding” va “Daobit” kompaniyalari transport logistikasi, mashinasozlik va ta’minot zanjirini boshqarish sohalarida zamonaviy yechimlar va texnologiyalarni namoyish etdilar.Ko‘rgazmada ilk bor Rossiyaning “Negabaritika" kompaniyasi - Rossiya, MDH, Yevropa va Xitoy hududlari bo‘ylab katta o‘lchamli va og‘ir yuklarni tashuvchi korxona ishtirok etdi.“MTZ Transmash” AJ harakatlanuvchi tarkibning barcha turlari uchun tormoz tizimlarini ishlab chiqarishda yetakchi korxonadir. Bu yuk vagonlari, barcha turdagi lokomotivlar: manyovrlik, tortuvchi, elektrovoz va boshqalar. O‘zbekiston bilan hamkorlik esa sobiq SSSR davridan beri bo‘lib kelgan.Belarus Respublikasining transport majmuasi alohida stendda namoyish etildi.Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston Transport vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Uzbekistan Airports, Aviation and Logistics Forum” Xalqaro aviatsiya va logistika forumini o‘z ichiga olgan ishbilarmonlik dasturi amalga oshirildi. Shuningdek, avtomobil va temir yo‘l tashishlari uchun raqamli yechimlar taqdim etilgan seminar-taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.Ko‘rgazmaning tashkilotchilari — “Iteca Exhibitions” Xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori “ICA Eurasia Group”.Ko‘rgazma qanday o‘tganligi haqida batafsil Sputnik O‘zbekiston videosida tomosha qiling.
https://oz.sputniknews.uz/20251113/tashkent-eurasia-cis-transport-logistika-53449476.html
o‘zbekiston
belarus
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/0d/53459503_326:0:1766:1080_1920x0_80_0_0_220f9aea56ceae4f66fabd302518cfb1.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
translogistica uzbekistan 2025, toshkent ko‘rgazma, transport logistika o‘zbekiston, xalqaro ko‘rgazma transport, logistika forum toshkent, uzbekistan airports aviation logistics forum, transmashxolding, daobit, negabaritika kompaniyasi, belarus logistika, mdh transport hamkorlik, logistika texnologiyalar, transport va logistika 2025, o‘zekspomarkaz ko‘rgazma, rossiya, belarus
translogistica uzbekistan 2025, toshkent ko‘rgazma, transport logistika o‘zbekiston, xalqaro ko‘rgazma transport, logistika forum toshkent, uzbekistan airports aviation logistics forum, transmashxolding, daobit, negabaritika kompaniyasi, belarus logistika, mdh transport hamkorlik, logistika texnologiyalar, transport va logistika 2025, o‘zekspomarkaz ko‘rgazma, rossiya, belarus
Toshkentdagi transport va logistika ko‘rgazmasida Rossiya qanday mahsulotlarni taqdim etdi?
18:40 13.11.2025 (yangilandi: 21:48 13.11.2025) Eksklyuziv
Toshkentda o‘tkazilgan ko‘rgazma 14 ta mamlakatdan transport va logistika sohasidagi 75 ta kompaniya ishtirokini bir maydonga jamladi
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Toshkentda “Transport va logistika - TransLogistica Uzbekistan 2025” nomli 21-Xalqaro ko‘rgazma yakuniga yetdi. Tadbir 11-noyabrdan 13-noyabrgacha “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tdi.
Bu O‘zbekiston transport tarmog‘ining asosiy tadbirlaridan biridir. Bu yil bu yerda transport sohasining avtomobil, dengiz, temir yo‘l, multimodal va aviatsiya tashishlari, shuningdek, logistika xizmatlari hamda ta’minot zanjirlari kabi yo‘nalishlari bo‘yicha turli xil texnologiyalar, mahsulotlar va yechimlar namoyish etildi. Alohida e’tibor ombor texnologiyalariga qaratildi.
“TransLogistica Uzbekistan 2025” da 14 ta mamlakatdan, shu jumladan, Rossiyadan ham, 75 ta kompaniya ishtirok etdi.
Xususan, “Transmashxolding” va “Daobit” kompaniyalari transport logistikasi, mashinasozlik va ta’minot zanjirini boshqarish sohalarida zamonaviy yechimlar va texnologiyalarni namoyish etdilar.
Ko‘rgazmada ilk bor Rossiyaning “Negabaritika" kompaniyasi - Rossiya, MDH, Yevropa va Xitoy hududlari bo‘ylab katta o‘lchamli va og‘ir yuklarni tashuvchi korxona ishtirok etdi.
“MTZ Transmash” AJ harakatlanuvchi tarkibning barcha turlari uchun tormoz tizimlarini ishlab chiqarishda yetakchi korxonadir. Bu yuk vagonlari, barcha turdagi lokomotivlar: manyovrlik, tortuvchi, elektrovoz va boshqalar. O‘zbekiston bilan hamkorlik esa sobiq SSSR davridan beri bo‘lib kelgan.
“Bu aloqalar hech qachon uzilmagan. Faqat 90-yillarda biroz susayish kuzatilgan edi. Bugungi kunda ular jadal rivojlanmoqda. Biz O‘zbekistondagi barcha vagon ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqdamiz, shuningdek, Toshkent metropoliteni uchun ehtiyot qismlarni yetkazib beramiz”, - dedi “MTZ Transmash” AJ vakili Vitaliy Sidorov.
Belarus Respublikasining transport majmuasi alohida stendda namoyish etildi.
“Bugungi ko‘rgazmada 6 ta tashkilot ishtirok etmoqda. Ularning orasida 4 ta zavod bor: Minsk vagon ta’mirlash, Gomel vagon ishlab chiqarish, Brest elektrotexnika va Gomel elektromexanika zavodlari. Shuningdek, avtomobil tashuvlari bilan shug‘ullanuvchi Jenty kompaniyasi hamda Belarus temir yo‘lining rasmiy ekspeditori va logistika operatori “Belintertrans” ham taqdim etilgan”, - deb ma’lum qildi BelNIIT “Transtexnika” transport vositalari va uskunalarini sinash markazi mudiri Anton Ostroux.
Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston Transport vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Uzbekistan Airports, Aviation and Logistics Forum” Xalqaro aviatsiya va logistika forumini o‘z ichiga olgan ishbilarmonlik dasturi amalga oshirildi. Shuningdek, avtomobil va temir yo‘l tashishlari uchun raqamli yechimlar taqdim etilgan seminar-taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmaning tashkilotchilari — “Iteca Exhibitions” Xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori “ICA Eurasia Group”.
Ko‘rgazma qanday o‘tganligi haqida batafsil
Sputnik O‘zbekiston videosida tomosha qiling.