Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukrainada bir guruh arab yollanmalar yo‘q qilindi

© RIA NovostiRossiyskie voyennoslujashie v zone provedeniya spetsoperatsii.
Rossiyskie voyennoslujashie v zone provedeniya spetsoperatsii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2025
Obuna bo‘lish
Oldinroq Ukrainada Polsha, Kolumbiya, AQSh, Fransiya va Yevropaning boshqa davlatlaridan kelgan yollanmalar yo‘q qilingan edi.
TOShKENT, 23 okt – Sputnik. Rossiya harbiylari Ukraina Qurolli Kuchlarining DXRdagi pozitsiyalariga hujum chog‘ida arab davlatlaridan kelgan yollanma askarlar guruhiga zarba berdi va ularning ko‘p qismini yo‘q qildi, qolganlarini esa asirga oldi. Bu haqda RIA Novosti “Janub” qo‘shinlar guruhi jangchisi bergan ma’lumotga tayanib xabar berdi.
“Dushmanning navbatdagi pozitsiyasiga hujum qilindi. Jang davomida ularning kelib chiqishi arab ekani ma’lum bo‘ldi. Ularning yarmidan ko‘pi yo‘q qilindi, qolgan qismi taslim bo‘ldi”, — dedi jangchi.
Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyev rejimi xorijlik yollanma askarlardan “to‘p yemi” sifatida foydalanayotganini va rossiyalik harbiylar ularni butun Ukraina bo‘ylab yo‘q qilishda davom etayotganini ta’kidlagan.
Pul uchun urushga kelgan yollanma askarlar o‘zlari ham intervyularida ukrainalik harbiylar harakatlari yetarlicha muvofiqlashtirilmaganini va janglarda omon qolish imkoniyati juda kamligini tan olishgan, chunki mojaroning intensivligi ular o‘rganib qolgan Afg‘oniston va Yaqin Sharq bilan qiyoslab bo‘lmaydi.
Avvalroq, Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova G‘arb Ukrainadagi mojaroda yollanma askarlarni yuborish orqali o‘zini mojaro tomoni maqomida mustahkamlaganini ta’kidlagan edi.
Sergey Lavrov esa ayrim davlatlar Ukraina hududiga yollanma askarlar niqobi ostida o‘z harbiy kadrlarini yuborishiga yo‘l qo‘yganini bildirgan.
Ukrainskie pojarnie. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya Ukrainada Britaniya zobitlarini yo‘q qildi
Yangiliklar lentasi
0