Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz to‘lovlarida davlat kompensatsiyasi joriy etiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2025
Obuna bo‘lish
Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘m miqdorida bir martalik yordam beriladi.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz to‘lovlarida davlat kompensatsiyasi joriy etiladi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori imzolandi.
Hujjatga ko‘ra, shu yil 1-maydan 2027-yil 1-aprelga qadar "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi hamda Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan, shuningdek, Reyestrlarga kiritilmagan, biroq moddiy ahvoli bo‘yicha kam ta’minlangan oilalar mezonlariga to‘g‘ri keluvchi, oiladagi jon boshiga daromadi minimal iste’mol xarajatlarining 1,5 barobaridan oshmaydigan oilalarga:
elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha – oyiga bazaviy meyordan 150 kVt soatgacha;
tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha – isitish mavsumida oyiga bazaviy meyordan 250 kub metrgacha, boshqa davrlarda oyiga bazaviy meyordan 150 kub metrgacha ortiq foydalanilgan qismi uchun bazaviy meyor doirasidagi hamda bazaviy meyordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi.
Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘m miqdorida bir martalik yordam beriladi.
2025/2026 yilgi isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘shimcha moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning noyabr oyida quyidagi oilalarga 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi:
Reyestrlarga kiritilgan oilalarga;
"mahalla yettiligi" xulosasi asosida Reyestrlarga kiritilmagan, biroq yordamga muhtoj oilalarga.
Bunda "mahalla yettiligi" tomonidan qo‘shimcha ro‘yxat shakllantirilishida birinchi navbatda, quyidagilar inobatga olinadi:
boquvchisini yo‘qotgan oilalar, a’zolari I yoki II guruh nogironi bo‘lgan shaxslardan iborat bo‘lgan oilalar
nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan oilalar
uzoq muddatli davolanishni talab etadigan kasalliklar bilan kasallangan shaxslar yashovchi oilalar
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi shaxslar hamda yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar
uch va undan ortiq oila yashaydigan xonadonlarda hamda gaz ta’minoti bo‘lmagan va markazlashtirilgan tartibda isitilmaydigan ko‘p qavatli uylarda yashovchi oilalar.
Qo‘shimcha ravishda shakllantiriladigan ro‘yxatdagi oilalar soni Reyestrlarga kiritilgan oilalar sonining 40 foizidan oshmasligi lozim.
Yangiliklar lentasi
0