Mejdunarodnaya promishlennaya vistavka Innoprom-2022. Sentralnaya Aziya - Sputnik O‘zbekiston, 1920
Innoprom — 2023
Toshkentda 24-26 aprel kunlari “Innoprom. Markaziy Osiyo” — uchinchi xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda turli mamlakatlarning 300 dan ortiq kompaniyalari ishtirok etmoqda. Uch davlat o‘z milliy stendlari bilan ishtirok etmoqda: O‘zbekiston, Rossiya va Belarus.

“INNOPROM”ga bo‘lgan talab faqat o‘sib boradi – Manturov

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDenis Manturov. Arxivnoe foto
Denis Manturov. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya vaziri bo‘lajak ko‘rgazmadan umidlari bilan o‘rtoqlashdi, shuningdek, bu yil unda kimlar ishtirok etishi haqida gapirdi.
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. “INNOPROM”ga bo‘lgan talab faqat o‘sib boradi, dedi Rossiya Federatsiyasi bosh vazirining o‘rinbosari, sanoat va savdo vaziri Denis Manturov Sputnik muxbiri bilan suhbatda.
Manturov bo‘lajak ko‘rgazmadan umidlari bilan o‘rtoqlashdi, shuningdek, bu yil unda kimlar ishtirok etishi haqida gapirdi.

“INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bugun ochiladi. Ammo asosiy sessiya ertaga, 25-aprel kuni, bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston, Rossiya va mintaqaning boshqa davlatlari hukumatlari rahbarlarining o‘rinbosarlari, tadbirkorlik birlashmalari va ishlab chiqarish kompaniyalari rahbarlari bir sahnada yig‘iladi.

Sessiya ishtirokchilari orasida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov, Armaniston iqtisodiyot vaziri Vagan Keroban, Rossiya eksport markazi bosh direktori Veronika Nikishina bor.
O‘tgan yili ko‘rgazmada 12 ming kvadrat metrdan ortiq maydonda 240 ta eksponant ishtirok etgan. Tadbirda 24 ta davlatdan 10 000 nafardan ortiq kishi qatnashgan va natijada 50 dan ortiq shartnomalar imzolangan.
“Yil sayin ko‘rgazma kengayib, tashrif buyuruvchilarning qiziqishi ortib borayotganidan juda xursandman: bu yil ekspozitsiyaning umumiy maydoni 14 ming kvadrat metrga yetdi, unda 3 ta milliy stend – Rossiya, O‘zbekiston va Belarus taqdim etiladi”, - dedi Denis Manturov.
Vazir, shuningdek, Rossiya viloyatlarining 17 ta kollektiv stendlarida, jumladan Sverdlovsk, Penza, Novgorod, Saratov, Chelyabinsk viloyatlari, Tatariston, Xanti-Mansi avtonom okrugi – Yugra va boshqalarda ko‘rgazma ishtirokchilari va tashrif buyuruvchilari hududiy korxonalarning yutuqlari bilan tanishishlari mumkinligini qo‘shimcha qildi.

“Ko‘rgazmada turli mamlakatlardan 300 dan ortiq kompaniya ishtirok etmoqda, bu o‘tgan yilga nisbatan 20 foizga ko‘pdir. “Rostex” va “Rosatom” davlat korporatsiyalari, “KAMAZ”, “AVTOVAZ”, “O‘zavtosanoat”, “O‘zkimosanoat”, “O‘zeltexsanoat”, “BelAZ”, “MTZ-XOLDING” kabi Rossiya, O‘zbekiston va Belarus sanoatining “kapitanlari” shular jumlasidandir”, - dedi Manturov.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, "INNOPROM" biznes, ilmiy va ekspert hamjamiyatlari vakillari o‘rtasida ochiq va siyosiylashmagan muloqot, yangi ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, mavjud savdo va ishlab chiqarish aloqalarini kengaytirish, yangi istiqbolli tashabbus va loyihalarni ishlab chiqish uchun noyob imkoniyatlar yaratadi.
Denis Manturov, shuningdek, ko‘rgazmaga qiziqish, uning dolzarbligi va ahamiyati vaqt o‘tishi bilan ortib borishiga ishonch bildirdi.
24-26 aprel kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” MKK maydonida uchinchi bor “INNOPROM. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0