Yaponiya va Yevropa energetik ta’minot jihatidan o‘xshash ahvolda - Kisida

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishFumio Kisida
Fumio Kisida - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.01.2023
Obuna bo‘lish
Kisidaning ta’kidlashicha, Yaponiya ham Yevropaga o‘xshash vaziyatda, lekin Yaponiya barcha mavjud imkoniyatlardan foydalanmoqda.
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli Yevropa dahshatli holatga tushib qoldi, chunki bundan oldin uning farovonligi Rossiyadan arzon energiya ta’minotiga qurilgan edi, deydi Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida.
“Yevropa o‘nlab yillar davomida Rossiyadan barqaror va arzon energiya ta’minotiga asoslangan hayot va ishlab chiqarish haqida o‘ylagan. Biroq, Ukrainadagi mojaro Yevropa kelajagi suratini tubdan o‘zgartirdi, vaziyat dahshatli tus oldi”, dedi u.
Kisidaning ta’kidlashicha, Yaponiya Yaqin Sharqdan yetkazib beriladigan ta’minotga juda bog‘langan va shuning uchun u Yevropaga o‘xshash vaziyatda.
“O‘zining geografik xususiyatlariga ko‘ra energiya resurslari importiga bog‘liq bo‘lgan Yaponiya barcha mavjud imkoniyatlardan, jumladan, qayta tiklanadigan va atom energiyasidan foydalanishi kerak”, deya xulosa qildi bosh vazir.
Ukrainada Rossiya maxsus harbiy operatsiyasi boshlanganidan so‘ng, G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi, ammo bu AQSh va Yevropaning o‘zida yoqilg‘i narxining oshishi va rekord darajadagi inflyatsiyani keltirib chiqardi. Prezident Vladimir Putin ta’kidlaganidek, Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arb uchun uzoq muddatli strategiyadir, ammo sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga qattiq zarba berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va uning ittifoqchilarining asosiy maqsadi millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.
Yangiliklar lentasi
0