Pandemiya ta’siri: o‘zbekistonlik dasturchilar Rossiyada ko‘proq ish izlashni boshlashdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishXaker rabotayet za kompyuterom
Xaker rabotayet za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2021
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Rossiyadagi o‘zbekistonlik abituriyentlar va da’vogarlar orasida axborot texnologiyalari sohasiga qiziqish keskin oshdi.
TOShKENT, 8 noya – Sputnik. Joriy yilda o‘zbekistonlik IT-mutaxassislardan Rossiyada ishlash uchun so‘rov 62 foizga o‘sdi. Bu statistikani “Kommersant” gazetasi “Xabr Karyeri” mutaxassisliklariga tayangan holda keltirmoqda.
Kadrlar agentligi xodimlarining fikriga ko‘ra, Rossiyaning axborot texnologiyalari sohasiga bo‘lgan qiziqish maosh oshirilishi va kadr yetishmasligi sabab yuzaga kelgan.
Shu bilan birgalikda, Rossotrudnichestvo ma’lumotlariga qaraganda, o‘zbekistonlik abituriyentlar o‘tgan yili Rossiya oliygohlarida ta’lim olish uchun ariza jo‘natayotib, ko‘pincha “informatika” yo‘nalishini tanlashgan. Hisoblash texnikasi bilan bog‘liq mutaxassisliklar o‘zbekistonlik abituriyentlar o‘rtasida ommaboplik bo‘yicha ikkinchi o‘rinda bo‘lgan.
Posetiteli mejdunarodnoy yarmarki igr v Kelne, Germaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2021
O‘zbekiston regionlarida IT-texnikumlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Texnik mutaxassisliklarga bo‘lgan qiziqishning sababi nimada va uning koronavirus pandemiyasi bilan qanday bog‘liqligi bor? Bu savollarga Lomonosov nomida Moskva davlat universiteti (MGU) iqtisodiyot fakultetining mehnat va xodimlar iqtisodiyoti kafedrasi ilmiy rahbari Riorita Kolosova Sputnik muxbiri bilan suhbatda javob berdi.
Ekspertning fikricha, ta’limda yuridik va iqtisod mutaxassisliklari modada bo‘lgan davr bo‘lgan, ammo moda bozor boyishi bilan eskirgan.
“Raqamlashtirish bu mutaxassisliklarga bo‘lgan talabni kamaytirdi, texnologiyalar bilan bog‘liq boshqa mutaxassislarga talab ortdi. Koronavirus, albatta, raqamlashtirish tomon siljitdi, rag‘batlantiruvchi omil sifatida ish berdi, biroq jarayonning o‘zi pandemiyaga qadar boshlangandi”, - deydi Riorita Kolosova.
Aslida yoshlar orasidagi IT-mutaxassisliklariga bo‘lgan yuqori qiziqishni 3-4 yil ilgari qayd etish mumkin edi, pandemiya boshlanishiga qadar, deya aniqlik kiritadi ekspert. Hozir esa IT sohasida ta’lim olganlar ish izlashmoqda. Rossiyaga o‘zbekistonlik bitiruvchilar va dasturchilar turli sabablarga ko‘ra intilishmoqda.
“Men o‘ylaymanki, bu ko‘p omilli holat. O‘zbekiston jadal rivojlanmoqda. U yerda ham raqamlashtirish sari kuchli qadamlar tashlanmoqda. Ammo har bir mamlakatda sanoq boshi turlicha, O‘zbekiston bu jarayonni kechroq boshladi, shu bois, ehtimol, bu sohada ishchilar o‘rni unchalik ko‘p emas”, - deb hisoblaydi ekspert.
O‘zbekistonda IT sohasi jadal rivojlanmoqda. Mamlakatda bilimlarni rivojlantirish markazi tashkil etilgan. Uning maqsadi 5-yil ichida axborot texnologiyalari sohasida 100 ming nafar yosh mutaxassislarni tayyorlashdir.
Butun respublika bo‘ylab IT-parklar markazlari faoliyat yuritadi – ikki yil ichida u yerlarda 40 ming talaba ta’lim olgan. IT mutaxassisliklar bo‘yicha “Bir million o‘zbek dasturchilari” (“One Million Uzbek Coders”) onlayn-platformada ta’lim olish mumkin. U yerda darslar o‘zbek tilida olib boriladi.
Yarmarka vakansiy JobFest 2021 dlya studentov vsex vuzov po napravleniyu IT v Universitete Inxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2021
O‘zbekistonda IT sohasi bo‘yicha 100 mingga yaqin mutaxassis tayyorlanadi
Yangiliklar lentasi
0