https://oz.sputniknews.uz/20210515/yol-qoidasini-buzgan-piyodalar-haydovchilarga-ishonishini-malum-qilishdi-18743052.html
Yo‘l qoidasini buzgan piyodalar haydovchilarga "ishonishini" ma’lum qilishdi
Yo‘l qoidasini buzgan piyodalar haydovchilarga "ishonishini" ma’lum qilishdi
Sputnik O‘zbekiston
Yo‘l qoidasini buzgan aksariyat piyodalar haydovchilar ularni ko‘rib turgani va baxtsiz hodisaning oldini olishga imkoni borligini ma’lum qilishgan. Qiziq... 15.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-15T13:02+0500
2021-05-15T13:02+0500
2021-05-15T13:02+0500
jamiyat
haydovchilar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/760/39/7603979_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_dd9484bd2f5235ff641f52f65a49bae4.jpg
TOShKENT, 15-may - Sputnik. Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan Piyodalar harakatixavfsizligi oyi" doirasida, yo‘l qoidasini buzgan aksariyat piyodalar haydovchilar baxtsiz hodisa oldini olishiga "ishonishini" ma’lum qilishdi, deb xabar qilmoqda IIBB YHXB yo‘l-patrul xizmati. Ma’lum bo‘lishicha, Toshkentda 2021-yil 1-maydan 31-mayga qadar piyodalarga yo‘l harakati qoidalarini eslatish tadbirlari o‘tkazilmoqda. tadbir doirasida 1-maydan 11-mayga qadar 4 620 kishiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 138 moddasi 1 qismi bo‘yicha bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Qayd etish joizki, jarimaga tortilgan piyodalardan ko‘pchilik piyodalar o‘tish joyi yaqin bo‘lgan joylarda ham yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tmoqchi bo‘lishgan. Qoidabuzarliklar bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilishi davomida Toshkent shahar IIBB YHXB yo‘l-patrul xizmati inspektorlari qoidabuzarlarga yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish muhimligini, aks holda ularning salomatliklari va hayotlariga zarar yetishi mumkinligini tushuntirishdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/760/39/7603979_261:0:1161:675_1920x0_80_0_0_ea34ccd7d324931bb7bde097086eec01.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, haydovchilar
Yo‘l qoidasini buzgan piyodalar haydovchilarga "ishonishini" ma’lum qilishdi
Yo‘l qoidasini buzgan aksariyat piyodalar haydovchilar ularni ko‘rib turgani va baxtsiz hodisaning oldini olishga imkoni borligini ma’lum qilishgan. Qiziq, haydovchilar bundan xabardormikan?
TOShKENT, 15-may - Sputnik. Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan Piyodalar harakatixavfsizligi oyi" doirasida, yo‘l qoidasini buzgan aksariyat piyodalar haydovchilar baxtsiz hodisa oldini olishiga "ishonishini" ma’lum qilishdi, deb
xabar qilmoqda IIBB YHXB yo‘l-patrul xizmati.
"Aksariyat holatlarda joylarda muloqot qilingan qoidabuzarlar haydovchilar ularni doimo ko‘rib turishiga va yo‘l-transport hodisasining oldini olishga doim imkonlari borligiga amin ekanliklarini aytishdi. Ammo bu kabi tasavvur xato bo‘lib, avvalambor piyodaning, uning farzandlarining hayoti uchun xavflidir", - deyilgan xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, Toshkentda 2021-yil 1-maydan 31-mayga qadar piyodalarga yo‘l harakati qoidalarini eslatish tadbirlari o‘tkazilmoqda. tadbir doirasida 1-maydan 11-mayga qadar 4 620 kishiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 138 moddasi 1 qismi bo‘yicha bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Qayd etish joizki, jarimaga tortilgan piyodalardan ko‘pchilik piyodalar o‘tish joyi yaqin bo‘lgan joylarda ham yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tmoqchi bo‘lishgan. Qoidabuzarliklar bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilishi davomida Toshkent shahar IIBB YHXB yo‘l-patrul xizmati inspektorlari qoidabuzarlarga yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish muhimligini, aks holda ularning salomatliklari va hayotlariga zarar yetishi mumkinligini tushuntirishdi.