"G‘arb uni asosiy tahdid deb biladi". Rossiya eng katta atom kemasini yangilamoqda

© Press-slujba Minoboroni RF / Mediabankka o‘tishNoveyshiy korvet "Gremashiy" na ispitaniyax v Baltiyskom more
Noveyshiy korvet Gremashiy na ispitaniyax v Baltiyskom more - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Buyuk Potr” kemasi o‘rniga "1144" loyihasi "Orlan Admiral Naximov" og‘ir yadroviy raketa kreyseri Rossiya dengiz flotida eng katta - flagmani sifatida egallaydi.
Andrey Kos. Yangi raketalar, zamonaviy bort uskunalari, o‘ziga xos jangovar qobiliyatlar - “Buyuk Potr” kemasi o‘rniga - "1144" loyihasi "Orlan Admiral Naximov" og‘ir yadroviy raketa kreyseri Rossiya dengiz flotida eng katta - flagmani sifatida egallaydi. Bu 2022-yilda sodir bo‘lishi kutilmoqda. Modernizatsiya qilingan kema flotni qanday kuchaytiradi - RIA Novosti materialida.

Birinchi daraja

1144 loyihasi “Orlan” kreyserlari - samolyot tashuvchi kemalardan keyin dunyodagi eng yirik harbiy kemasi hisoblanadi. Og‘irligi - 25,8 ming tonna, uzunligi - 250 metr, kengligi - 28,5 metr, ekipaj - 760 kishi.
Rossiyada ushbu turdagi ikkita vimpel bor - ikkinchisi - "Buyuk Potr", Shimoliy flot tarkibida harakat qiladi, ammo "Naximov" ishga tushishi bilanoq modernizatsiya qilinadi. Standart to‘plam - 20 ta P-700 "Granit" kemalarga qarshi raketalari, "Osa-M", "Xanjar" va uzoq masofali S-300F "Fort" zenit-raketa tizimlari, "Metel" va "Sharshara" suvosti raketa-torpedalari, reaktiv bombametlar va AK-130 avtomat ikki o‘qli pushka.
Mnogofunksionalniy istrebitel Su-57 na vserossiyskom etape konkursa Aviadarts na aviatsionnom poligone Dubrovichi pod Razanyu. - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning Su-57 qiruvchisi dunyoni egallamoqda. Uning asosiy xususiyati nimada?
Atom energiya qurilmasi - ikki oy, tezligi - 31. Masofa amalda cheklanmagan. Kreyserlar Uzoq Shimol sharoitida ishlay oladi va ko‘plab tahlilchilar buni yaqin kelajakda tabiiy resurslar uchun jang maydoni deb hisoblaydigan - Rossiyaning Arktika mintaqasida harbiy ishtirokini ta’minlashga qodir.
Biroq, barcha kemalar asta-sekin eskirmoqda. Agar 80-yillar oxiri - 90-yillar boshlarida "Orlanlar" har qanday raqibga qarshi tura olsa, bugun vaziyat o‘zgardi. Rossiyada birinchi darajadagi katta harbiy kemalarni qurish hali ham qiyin bo‘lganligi sababli, Mudofaa vazirligi mavjudlarini modernizatsiya qilishga va birinchi navbatda ularga yangi qurollarni berishga qaror qildi.

HHM platformasi

"Admiral Naximov" 1999-yilda ta’mirlashga jo‘natilgandi, ammo aslida kreyserda sozlash ishlashi faqat 2013-yilda, nihoyat mudofaa sanoatiga katta pul tushganda boshlandi. 2015-yilda Severodvinskdagi "Sevmash" korxonasida kemadan eski jihozlar olib tashlandi va korpus “defektovka” o‘tkazildi.
Modernizatsiyani 2018-yilgacha yakunlash rejalashtirilgandi, ammo muddat bir necha marta o‘ng tomonga surildi. Ta’mirlash davomida bortdagi uskunalar va qurollarga tobora ko‘proq yangi mahsulotlar kiritildi.
Yadroviy kuch: Rossiya suvosti kema va aviatsiya ishtirokida strategik mashq o‘tkazdi - Sputnik O‘zbekiston
Yadroviy uchlik: Rossiya suvosti kema va aviatsiya ishtirokida mashq o‘tkazdi
Shunday qilib, o‘tgan yilning may oyida Mudofaa vazirining o‘rinbosari Aleksey Krivoruchko og‘ir kreyser birinchilardan bo‘lib "Sirkon" gipertovushli raketalarini qabul qilishini e’lon qildi. Ular nishonlarga ovoz tezligidan to‘qqiz marta tezroq yetib boradi, bu esa ularni har qanday havo hujumidan himoya qilish tizimiga o‘q tegmaydigan qiladi. Yakson qilish masofasi taxminan 1000 kilometrni tashkil qiladi. “Sirkon amerikalik “Garpun kemalarga qarshi raketalaridan ustun (ular 130 kilometr).
"Orlan"lar har doim kuchli dengiz havo hujumiga qarshi mudofaa tizimiga ega bo‘lishi bilan ajralib turgan. Modernizatsiya qilinishidan oldin “Naximov uzoq masofaga mo‘ljallangan S-300F “Fort” havo hujumidan mudofaa tizimiga ega edi, endi u yanada rivojlangan S-400ning dengiz versiyasini oladi. Har xil turdagi zenit-o‘q-dorilarni otib tashlaydigan ushbu kompleks “ko‘rilmas” samolyotlarni va boshqa, shu jumladan qanotli va ballistik nishonlarni ushlashga qodir. 40N6 tizim raketasi 400 kilometrgacha bo‘lgan masofadagi obyektlarni yakson qiladi. Taxminlarga ko‘ra, "Admiral Naximov" S-400 havo hujumiga qarshi mudofaa raketa tizimlari uchun 96 ta uchirish shaxtalari joylashtiriladi, bu esa dunyodagi eng xavfli havo hujumlari himoyalangan kemalardan biriga aylantiradi.

80ta yacheyka

Bundan tashqari, “Kortik” HHM tizimi zamonaviy “Pansir-ME”, “Osa-M” zenit-raketalari esa - yangi “Redut” tizimiga almashtiriladi.
Biroq, eng katta darajadagi modernizatsiya zarba majmualariga ta’sir qiladi. “Sirkon”lardan tashqari “Admiral Naximov” P-800 "Oniks" kemalarga qarshi raketalari va 2500 kilometrgacha uchadigan "Kalibr" qanotli raketalari bilan qurollanadi. Ularning barchasi 80ta yachekcha uchun vertikal ZS14 raketalaridan uchiriladi, ularni o‘rnatish uchun kemadan P-700 "Granit" kompleksini olib tashlashga to‘g‘ri keldi.
Esmines Nastoychiviy v Baltiyske Kaliningradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
“Chiroyli yurish”: Rossiya Qora dengizda NATO kemalarini jilovlash chorasini topdi
"Granitlar" o‘z vaqti ajoyib qurol bo‘lgan - 3 Max tezligi, masofasi - 625 kilometr. Besh yuz kilotonlik yadroviy raketa, hatto samolyot tashuvchi kemasini bitta zarba bilan yo‘q qilishi mumkin. Ammo o‘lchamlari katta - 10 metr uzunlikda va og‘irligi 7 tonnani tashkil etadi. Yangi kemaga qarshi raketalar unchalik kuchli bo‘lmagan raketa ega, ammo ular tezroq va aniqroq.
Kreyserning dengiz osti kemalariga qarshi qurollanishi ham yangilanadi. "Admiral Naximov" yaqin masofada torpeda va suvosti kemalaridan himoya qiluvchi "Paket-NK" majmuasini oladi.  Ushbu tizim ikki turdagi o‘q-dorilarga ega: MTT torpedalari va M-15 reaktiv raketalarga qarshi torpedalari.
Birinchisi, 600 metrdan  chuqurlikdagi 20 kilometrgacha masofadagi suvosti kemalariga zarba beradi. Ikkinchisi kemaga 1,4 kilometr masofada va 800 metr chuqurlikda hujum qilayotgan torpedalarni ushlab qoladi. "Paket-NK" maksimal avtomatlashtirilgan, nishonni mustaqil ravishda aniqlaydi, Ikkala raketa tezligi 50 uzel (soatiga 92 kilometr).
O‘z-o‘zidan kreyserning elektron "masallig‘i" eng zamonaviylari bilan almashtiriladi, bu esa kema ekipajining vaziyatni xabardorligini jiddiy ravishda oshiradi va bort qurollaridan foydalanish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.
Bundan tashqari, kreyserga zamonaviy aloqa va navigatsiya tizimlari, radioelektron urush tizimi va 3ta modernizatsiya qilingan Ka-27M  vertolotlaridan iborat havo guruhi taqdim etiladi. Ushbu vertolotlar ekipajning potensial raqib suv osti kemalarini aniqlashga katta yordam beradi.
Yangiliklar lentasi
0