Germaniyalik vazir COVID-19 tufayli Merkel bilan qo‘l berib ko‘rishishdan bosh tortdi

© REUTERS / Hannibal Hanschke Kansler Germanii Angela Merkel i ministr vnutrennix del Germanii Xorst Zeyexofer
Kansler Germanii Angela Merkel i ministr vnutrennix del Germanii Xorst Zeyexofer - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Germaniya tashqi ishlar vaziri Xorst Zeyexofer koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bois qo‘l berib ko‘rishishdan voz kechgan.

TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Germaniya tashqi ishlar vaziri Xorst Zeyexofer koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bois mamlakat kansleri Angela Merkel bilan qo‘l berish ko‘rishishdan bosh tortdi. Bu haqda Bild tabloidi xabar qildi

Berlinda migrantlar birlashmalari vakillari bilan uchrashuv vaqtida Merkel Zeyexoferning oldiga kelib, salomlashish maqsadida qo‘lini uzatadi. Biroq vazir uni qo‘lini siqib ko‘rishishdan bosh tortadi. Merkel buni hazil bilan qabul qiladi va ikkila qo‘lini ko‘tarib, kaftlarini Zeyexoferga ko‘rsatadi. Natijada ikkalasi kulib yuboradi.

​Avvalroq Germaniya OAVlari Zeyexofer yaqinda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab qo‘l berib ko‘rishishdan voz kechganini xabar qilgandi.

“Qo‘l berib ko‘rishishning vaqti emas”: koronavirusdan qanday himoyalanish kerak

Germaniyada yangi koronavirus bilan kasallanishning 150 ta holati tasdiqlangan.

Yangiliklar lentasi
0