Nemis matbuoti: hajvga munosabati uchun Erdo‘g‘on kulgi ostida qoldi

© AFP 2023 / Adem AltanTurkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Germaniyaning asosiy telekanallaridan birida Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on bilan bog‘liq satirik rolik namoyish qilingach, Turkiyadagi Germaniya elchisi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Anqara nemis elchisiga qanday talablar qo‘ygani haqida turk diplomati so‘zlab berdi.

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Anqara Berlindan Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘on haqida so‘zlovchi hajviy ko‘rsatuvni oynai-jahondan olib tashlashni talab qildi, dedi o‘z ismi sir bo‘lib qolishini istagan turkiyalik diplomat Frans-Press agentligiga, RIA Novosti xabari asosida.

Germaniya Federativ Respublikasi kansleri Angela Merkel. - Sputnik O‘zbekiston
Angela Merkelga Erdo‘g‘on nima uchun kerak?

"Biz ko‘rsatuv efirdan olib tashlanishini talab qildik", — dedi manba agentlikka.

Eslatib o‘tamiz, Germaniyada 17-mart kuni Erdo‘g‘on haqida namoyish qilingan hajviy ko‘rsatuv yuzasidan Turkiyadagi Germaniya elchisi mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgan edi. Ko‘rsatuvda Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on haqida qo‘shiq kuylangan. Qo‘shiqda Turkiyadagi so‘z erkinligi bilan bog‘liq vaziyat tanqid ostiga olinib, Erdo‘g‘on “Islom davlati” terrorchilarini emas, balki qurdlarni bombardimon qilishni xush ko‘rishi aytilgan.

Ushbu voqea nemis OAVlari hamda jamoatchilik orasida katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Jumladan, nemis jurnalistlari ittifoqi Anqara tomonidan bildirilgan e’tirozni bema’ni, deb topdi. “Erdo‘g‘on bu harakati bilan o‘zini ijtimoiy tarmoqlarda kulgiga qo‘ydi. Agar hajv uchun nemis elchisi Turkiya TIVga chaqirtirilgan bo‘lsa, demak, gap egasini topibdi”, deb ta’kidlashmoqda jurnalistlar ittifoqi a’zolari.

Germaniya hukumati ushbu voqeaga izoh berganicha yo‘q.

Frankfurter Allgemeine Zeitung nashri "Berlinning azaliy sukuti" haqida maqola chop etdi. "YeI va Turkiya o‘rtasidagi kelishuv tanqidchilari o‘zlarining bejizga xavfsiramaganliklarini anglashmoqda: Germaniya va Yevropa Ittifoqi Turkiyaga o‘zini shantaj qildirishga yo‘l qo‘ygani aniq bo‘ldi", — deb yozadi nashr.

"Extra-3" tahririyati diplomatik mojaroga karikatura bilan javob qaytardi. "Yo sizlar shu videoni yo‘q qilasizlar, yo men internetni", — deydi rasmdagi personaj.

Yangiliklar lentasi
0